







Markaz maqsadi – Yoshlarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish xamda ularga ushbu yo‘nalishda chuqurroq bilim va ko‘nikmalar berish.
Bir million o'zbek dasturchilari loyihasi doirasida IT mutaxassislar chiqarish. Texnopark binosi 120 dan ortiq ish o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 50 dan ortiq yangi axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur Texnoparkda korxonalarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilib, ularga raqamli texnologiyalar, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
Muhammad Amin Naziraliyev
Bugungi kundagi bizdagi imkoniyat yuqori darajada. Berilgan imkoniyatdan foydalanmasangiz o'zingiz xohlagan maqsadga erisha olmaysiz. Qaysi ishda bo’lsangiz ham eng zo’ri bo’ling!